Arqadag‘ Payg‘ambar yoshiga kirayotgani sabab Putinning taklifini rad etdi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Berdimuhamedov joriy yilning 24 iyun kuni Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etolmasligini ma’lum qildi.

Arqadag‘ 29 iyun kuni Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) yoshi hisoblanmish 63 yoshga to‘lishi munosabati bilan Putinning taklifini rad qilgan. Turkmanlarda bu muhim voqea an’anaga ko‘ra, yaqinlar davrasida nishonlanadi. Ammo karantin choralari sabab xorijdan kelgan hamma 14 kun izolyatsiyaga olinayotgani sababli Rossiyaga tashrif buyurishning iloji yo‘q.

Berdimuhamedov Moskvadagi paradda Hukumat delegatsiyasi ishtirok etishini ma’lum qigan. Delegatsiyaga Mudofaa vaziri Begenchem Gundogdiyev boshchilik qiladi.

Turkmaniston Prezidenti Putinni Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi bilan tabrikladi va Moskvadagi paradda shaxsan ishtirok etolmayotganidan afsusda ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi G‘alaba paradida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

827

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing