“Arqadag‘” iftorlik dasturxoni yozdi. Unda Mirziyoyev ham qatnashdi (foto)
Jamiyat
−
29 aprel 2021
14175O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanboshi ruhi” majmuasiga tashrif buyurdi.
Turkmanistonning birinchi Prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasi ziyorat etildi. O‘tganlar haqiga Qur’on suralari tilovat qilindi.
Majmua yaqinida Turkmaniston Prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlab iftor dasturxoni yozildi. Tadbirda ikki mamlakat muftiylari va ulamolar ishtirok etdi.
Davlat rahbari so‘zining avvalida Malikguli otaning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirdi. Marhumning ibratli hayoti, samarali faoliyati, savobli ishlari yodga olindi.
“O‘zbek va turkman xalqlari qadimdan bir-biriga yelkadosh bo‘lib, do‘st va birodar bo‘lib yashab kelmoqda. Buyuk mutafakkir Maxtumqulining:
Firog‘iyning ikki ko‘zi bor, Biri turkman bo‘lsa, biri o‘zbegim, degan o‘lmas satrlari ham buni tasdiqlaydi. Bugungi xotira marosimi ham ana shu azaliy qardoshlik va birodarligimizning yana bir amaliy namoyonidir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ro‘zadorlar Alloh taolodan dunyoga tinchlik, salomatlik, xalqlarimizning do‘stligi va qardoshligi mustahkam bo‘lishini tilab duolar qildi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.
LiveBarchasi