“Arqadag‘” Erdo‘g‘anning o‘g‘liga alabay kuchukchalarini sovg‘a qildi
Olam
−
28 Sentabr
6939Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov 26 sentyabrda Mustaqillik kuni arafasida Ashxobodga bayram tantanalari uchun kelgan xorijlik mehmonlarni qabul qildi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar berdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li, Butunjahon etnik sport konfederatsiyasi raisi Bilol Erdo‘g‘an bilan sportni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Berdimuhamedov unga ikkita alabay kuchukchasini berdi. Mehmonga Arkadag shahri ham ko‘rsatildi.
Serdar Berdimuhamedov esa Bilol Erdo‘g‘an bilan “sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish”ni muhokama qildi.
Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston milliy sport o‘yinlari markazi a’zo bo‘lgan Butunjahon etnosport konfederatsiyasi xalq o‘yinlarini jonlantirish ustida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oktyabr oyida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat rahbari sifatida ilk bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borganida turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga "Gardash" (turkmanchadan “qarindosh” deb tarjima qilinadi) ismli turkman alabay kuchukchasini sovg‘a qilgandi. Bunga javoban Erdo‘g‘an oliy martabali mehmonga ikki turk kangal kuchukchasini sovg‘a qilgan.
LiveBarchasi