Arqadag‘ 300 metrlik yodgorlik qurishni buyurdi
Olam
−
10 fevral 2020 8853 1 daqiqa
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan noyob yodgorlik qurishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Arqadag‘ning so‘zlariga ko‘ra, kelajak avlodlar ushbu muhim voqeani eslab qolishlari uchun Turkmaniston poytaxtining eng baland nuqtasiga 300 metr balandlikdagi yodgorlik qurish tavsiya etiladi.
Davlat rahbari ushbu loyiha uchun mas’ul etib Turkmaniston Bosh vazir o‘rinbosari Shamuxammet Durdilevni tayinladi. Berdimuhammedov unga yaqin kelajakda yodgorlik loyihasini tayyorlashni va uning qurilishi uchun tender e’lon qilishni buyurdi. Shu bilan birga, Berdimuhamedov yodgorlik 2021 yil 27 oktyabrga qadar qurib bitkazilishini tayinladi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston rahbari endilikda 40 yoshdan katta erkak amaldorlar oq soch bilan yurishi majburiy etib belgilab qo‘ygan edi.
Nurulloh Sharipov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025