Arisdagi portlashda jarohat olgan 50 kishi hamon shifoxonada qolmoqda

Olam

image

Joriy yilning 24 iyun kuni Qozog‘iston janubidagi Aris shahrida joylashgan harbiy qismdagi omborxonada ro‘y bergan portlash oqibatida 409 kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ulardan 329 nafari ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga javob berilgan. 

Sakson nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgandi. Ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Biroq hali ham 50 kishi shifoxonada qolmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bugun, 30 iyun kuni xabar tarqatgan. 

"Ayni paytda shifoxonada 50 nafar davolanuvchi qolmoqda. To‘rt nafar og‘ir darajadagi bemorning ikki nafari Nur-Sultan, yana shuncha bemor Olma-Otadagi shifoxonada qolmoqda", deydi Qozog‘iston SSV Matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, 24 iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahridagi portlash sabab 3 kishi halok bo‘ldi. Shahardan 45 ming kishi evakuatsiya qilindi. Portlashlar bartaraf qilingach, juma, 28 iyun kuni Aris shahri aholisiga uyiga qaytishga ruxsat berildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing