Aripov nomzodi Bosh vazirlikka ko‘rsatildi. O‘zLiDeP mas’uliyatni gardaniga oldi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirligiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodi ko‘rsatildi. 

“Parlament saylovida g‘olib chiqqan partiya sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ilgari suramiz. Bu bilan Vazirlar Mahkamasining yaqin va olis istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturining amalga oshirilishi uchun  to‘liq mas’uliyatni ham zimmamizga olamiz. Hurmatli siyosiy kengash a’zolari, yuqoridagilardan kelib chiqib, biz bugun o‘zimizga berilgan vakolatdan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taklif etamiz”, deydi O‘zLiDeP fraksiyasi deydi Aktam Xaitov. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing