Argentinalik muxlislarga o‘q uzildi
Sport
−
21:57 691 1 daqiqa
Jahon chempionati doirasidagi Argentina – Jazoir uchrashuvi oldidan AQSHning Kanzas-Siti shahrida argentinalik muxlislar ketayotgan avtomobilga o‘q uzildi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik muxlislar guruhi taksida harakatlanayotgan vaqtda ularga qarata o‘q uzilgan. Muxlislarning aytishicha, ularning avtomobili ortida kelayotgan boshqa mashina to‘xtagan va shundan so‘ng ikki marta o‘q otilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga politsiya yetib borib, ko‘rsatmalarni qayd etgan. Keyinchalik muxlislar patrul avtomobillari kuzatuvida stadionga olib borilgan. Hodisaning sabablari hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Argentina va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3:0 hisobida Lotin Amerikasi vakillarining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi xet-trik qayd etgan holda Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi.
Live
Barchasi