Argentinada “O‘lim ajdahosi”ning qoldiqlari topildi
Olam
−
26 may 2022
19912Argentinada avtobus kattaligidagi ulkan uchar sudralib yuruvchi (reptiliya)ning toshga aylangan qoldiqlari topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, argentinalik olimlar 86 million yil avval dinozavrlar bilan birga yashagan ulkan uchar reptiliyaning yangi turini aniqlagan, unga “O‘lim ajdahosi” deb nom bergan.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, qadimiy uchar reptiliya yoki pterozavr yangi namunasining qanotlari uzunligi 30 fut (9 metr)ga teng. Ular hozirgi qushlarning qadimgi davrlardagi ajdodlari bo‘lgan va Yer yuzida ov qilish uchun o‘z qanotlarini ishlatgan ilk mavjudotlardan biri hisoblanadi.
Paleontologlar jamoasi qoldiqlarni Argentina g‘arbidagi Mendosa provinsiyasida joylashgan And tog‘larida aniqlagan. Reptiliya qoldiqlari saqlanib qolgan qoyalar 86 million yillik tarixga ega bo‘lib, bo‘r davriga tegishlidir.
Taxminiy sana shuni ko‘rsatadiki, ushbu qo‘rqinchli mavjudotlar bundan 66 million yil avval hozirgi Meksikaning Yukatan yarim oroli joylashgan joyda yashab o‘tgan.
Loyiha rahbari Leonardo Ortisning aytishicha, bunday qoldiqlar ilgari hech aniqlanmagan, shu sababli ushbu turga “Thanatosdrakon Amaru” (“O‘lim ajdahosi”) nomi berilgan.
“Unga bunday nom juda mos keladi, chunki sudraluvchi qo‘rqinchli ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bizda bu hayvonlarga o‘xshash tana o‘zgarishlariga ega bo‘lgan yaqin qarindoshlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, deydi Ortis.
LiveBarchasi