Argentinada siyosatchi jonli efir paytida vafot etdi (video)

Olam

image

Argentinaning Misones provinsiyasi parlamentiga nomzod bo‘lgan 66 yoshli siyosatchi Ernan Damiani jonli efir paytida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Pagina 12” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Dola Blue” ko‘rsatuvining studiyadan onlayn translyatsiya qilinadigan teledebat chog‘ida siyosatchi yurak xurujiga uchragan. Nomzod shahar shifoxonasiga zudlik bilan yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qilgan.

Misones provinsiyasining gubernatori Ugo Passalakva o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida siyosatchining oilasiga chuqur hamdardlik bildirib, uning mamlakat oldida bajargan sodiq xizmatini va faol pozitsiyasini ta’kidlagan.

Ko‘rsatuv boshlovchilaridan biri tomoshabinlardan marhum nomzodning oilasini hurmat qilgan holda, efir tasvirlarini tarqatmaslikni iltimos qilgan.

Qayd etish joiz, 66 yoshli Ernan Damiani 1997 yildan 2001 yilgacha Argentina Kongressida va 1990 yillarda  Misones Qonunchilik Assambleyasida ishlagan. U joriy yilning 26 oktyabridagi saylovlarda Misones provinsiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston chempionati birinchi liga vakili “Xan-Tengri” klubi hujumchisi Dias Tuleu o‘yin vaqtida vafot etgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Argentina Ernan Damiani Mis'ones

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing