Argentinada Messining dunyodagi eng baland haykali ochildi (video)

Sport

image

Argentinada sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni Lionel Messining eng baland haykali ochildi. Bu haqda “TyC Sports” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, haykalning balandligi 26 metr, og‘irligi esa 70 tonnani tashkil etadi. Haykal dizayni haykaltarosh Aldo Berois tomonidan ishlab chiqilgan.

Qizig‘i, joriy yilning iyun oyi boshida Hindistonning Kolkata shahrida Messining 21 metrlik haykali kuchli shamollar tufayli xavfsizlik bilan bog‘liq shikoyatlardan keyin buzilgan edi.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surib kelmoqda. Yevropa faoliyati davomida u “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Argentinalik yulduz klublar darajasida to‘rt marta Chempionlar ligasi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan, 2014 yilgi mundial finalchisi bo‘lgan, 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni hamda ikki karra Amerika Kubogi g‘olibi (2021, 2024) hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina haykal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing