Argentinada Messi surati tushirilgan pul muomalaga chiqarilishi mumkin

Sport

image

Argentina Milliy banki rasmiylari Argentina terma jamoasining Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempionatidagi g‘alabasi sharafiga Messi va terma jamoa surati tushirilgan pullarni ishlab chiqarish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Messining surati 1000 peso (5,75 AQSH dollari)lik banknotda bosilishi kutilmoqda. Messi 10-raqamda o‘ynagani uchun uning surati aynan 1000 pesolikda chiqishi mumkin. Pulning orqa tomonida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni taxallusi bo‘lgan "La Scaloneta" yozuvi tushiriladi.

Argentina terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Lionel Messi Qatardagi turnirning yettita uchrashuvida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing