Argentinani jahon chempioni qilgan murabbiy vafot etdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sesar Luis Menotti 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozircha mutaxassisning o‘lim sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Menotti Argentina terma jamoasini 1974 yildan 1983 yilgacha boshqargan, u boshchiligida jamoa 1978 yilda o‘z uyida Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, bu g‘alaba argentinaliklar uchun mundialdagi birinchi chempionlik bo‘lgan.

1983 yildan 1984 yilgacha Menotti Ispaniyaning “Barselona” klubini boshqargan va kataloniyaliklar bilan Ispaniya kubogi, mamlakat chempionligi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Mutaxassis, shuningdek, Argentinaning “Boka Xuniors”, “Independente”, “Rosario Sentral”, Italiyaning “Sampdoriya”, Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klublari va Meksika terma jamoasini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Argentina Sesar Luis Menotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made