Argentina o‘rtoqlik o‘yinida Mavritaniyani mag‘lub etdi
Sport
−
28 mart 904 1 daqiqa
Bugun, 28 mart kuni Argentina terma jamoasi Mavritaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. Unda amaldagi jahon chempionlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda dastlab 17-daqiqada Enso Fernandes hisobni ochdi. Shundan so‘ng 32-daqiqaga kelib, Niko Pas jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Uchrashuv yakuniga yaqin 90+4-daqiqada Mavritaniya futbolchisi Jordan Lefor hisobni qisqartirdi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi, biroq gol urishga erisha olmadi.
Dastlab, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina o‘rtasida Qatar Finalissima uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, mintaqadagi beqarorlik sabab ushbu uchrashuv bekor qilingandi.
Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempionlari navbatdagi uchrashuvda joriy yilning 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi maydonga chiqadi.
Live
Barchasi