Argentina terma jamoasining JCH uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Argentina futbol assotsiatsiyasi 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi uchun terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. 30 nafar futbolchi Qatar mamlakati mezbonlik qiladigan Jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi.

Ro‘yxatda PSJ hujumchisi Lionel Messi, “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala, PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya va “Inter” hujumchisi Lautaro Martines bor.

Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Franko Armani (“River Pleyt”), Xuan Musso (“Atalanta”), Xeronimo Ruli (“Vilyarreal”);

Himoyachilar: Gonsalo Montel (“Sevilya”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Xerman Petsselya (“Betis”), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Lukas Martines (“Fiorentina”), Markos Akunya (“Sevilya”), Lisandro Martines (“Ayaks”), Kristian Romero (“Tottenxem”), Nauel Molina (“Udineze”), Xuan Foyt (“Vilyarreal”);

Yarim himoyaichilar: Leandro Paredes (PSJ), Gido Rodriges (“Betis”), Djovani Lo Chelso (“Tottenxem”), Essekiel Palasios (“Bayer”), Nikolas Dominges (“Bolonya”), Anxel Di Mariya (PSJ), Rodrigo De Paul (“Atletiko”), Papu Gomes (“Sevilya”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”), Anxel Korrea (“Atletiko”), Xoakin Korrea (Latsio), Emiliano Buendia (“Aston Villa”), ;

Hujumchilar: Lionel Messi (PSJ), Lautaro Martines (“Inter”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Xulian Alvares (“River Pleyt”).

Eslatib o‘tamiz, Lionel Skaloni shogirdlari joriy yil Braziliyada o‘tkazilgan Amerika kubogi finalida mezbon terma jamoani mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Jahon chempionati Paulo Dibala Argentina Anxel' Di Mariya AFA Lautaro Martines

Baholaganlar

182

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing