Argentina Atlantada kambek qildi

Sport

image

Bugun, 7 iyu kuni Argentina milliy terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida dramatik g‘alabaga erishdi. Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda argentinaliklar Misr terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuv Misr uchun ancha muvaffaqiyatli boshlandi. 15-daqiqada Yasser Ibrohim hisobni ochib, afrikaliklarga ustunlik taqdim etdi. Argentina birinchi bo‘lim davomida tashabbusni qo‘lga olishga uringan bo‘lsa-da, raqibning zich himoyasi va tezkor qarshi hujumlari ularga jiddiy qiyinchilik tug‘dirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Misr o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. 67-daqiqada Mustafo Ziko gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ammo shundan keyin Argentina bosimni keskin oshirdi va o‘yin taqdirini qisqa vaqt ichida o‘zgartirib yubordi.

79-daqiqada Messining uzatmasidan keyin Kristian Romero jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 83-daqiqada Lionel Messi o‘zi hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+3 daqiqada esa Enso Fernandes hal qiluvchi golni kiritib, Argentinaga irodali g‘alaba keltirdi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Shu tariqa, Argentina 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, bahsni o‘z foydasiga hal qildi va Jahon chempionatida yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Misr esa katta ustunlikni saqlab qola olmay, musobaqa bilan xayrlashdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing