“Archa ko‘cha”dagi fojia. Voqea ishtirokchisi nima bo‘lganini aytib berdi

Jamiyat

Avvalroq, Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida bir guruh yigitlar pichoqbozlik uyushtirayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Keyinchalik, ushbu janjalda qatnashgan yigitlarning biri shifoxonada vafot etgani xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu pichoqbozlikka sherikchilikda yuritilgan biznesdan kelgan daromad ustidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Ushbu voqea ishtirokchilaridan biri, muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi, shuningdek, qasddan badanga yengil jarohat yetkazgani uchun 109-moddasi bilan bezorilikda ayblanib, sudlangan 23 yoshli Husan ismli yigit voqea tafsilotlarini aytib berdi.

“Doston Bobur bilan ishim bor dedi. Apteka temasida oldi-berdim bor dedi. Shundan so‘ng, ular “Sport buyumlari” do‘konidan bita, Chilonzor savdo majmuasidan ikkita pichoq sotib olib, Ko‘kchaga Boburning uyiga bordik”, deydi Husan.

Yigitning aytishicha, ular Boburning uyidan chiqib, Muzaffar ismli tanishlarining “Archa ko‘cha”dagi uyiga borishgan. 

“U yerda Mehroj (marhum) bilan Doston o‘zaro gaplashishdi va tortishib qolishdi. Baqir-chaqir boshlangach, ajratish maqsadida ularning yoniga bordim. Borsam Mehroj yuzimga uch marta urdi. Shundan so‘ng o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Bu orada Doston bilan Mehroj bir-birini quvlab ketib qoldi”, dedi gumonlanuvchi. 

Bu orada Husan o‘ziga kelgach, mashinasidan bita oladi. Uning aytishicha, o‘zini himoya qilish maqsadida janjalga aralashadi. 

"Yo‘lning yuziga chiqdik.  Shundan so‘ng, men Mehrojning chap yelkasiga urdim. Keyin qo‘liga urdim. Pichog‘i tushib ketdi. Men pichoqni olib bo‘yi baland bolaning qo‘liga tiqdim. 

Mehroj bilan Doston bir-biriga pichoq urdi”, deydi Husan.

“Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, dedi Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Rasuljon Botir o‘g‘li. 


Maqola muallifi

Teglar

Archa ko'cha

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar