“Archa bayramni buzib qo‘yganmiz”. DTM test savollari internetga sizganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi. Imtihonlar boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda test savollarining suratlari tarqaldi. Suratlarga “archa bayrami boshlandi” degan izoh qoldirilgandi.

Davlat test markazi test savollari surati tarqalganiga munosabat bildirib, "archa bayram boshlanmasdan tugatilganini" ta’kidladi.

"Ayrim telegram kanallar yozganidek hech qanday archa bayram boshlangani yo‘q. Archa bayramni buzib qo‘yganimiz uchun “uzr so‘raymiz”. Abituriyent telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi.

Marhamat, sizlar turli rasmlarni telegram kanallarda e’lon qilishda davom etavering, biz esa barchasi nazoratda ekanini ko‘rsatib beramiz hamda jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlaymiz", deyiladi DTM xabarida.

Ma’lum qilinishicha, kimyo fanidan savollar aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan kitobcha 8 avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Shuningdek, matematika fanidan savollar aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan kitobcha esa diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitobi 8 avgust (bugun) kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2401

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing