Arauxo “Barselona”da endi o‘ynamasligi mumkin
Sport
−
09 dekabr 2025 1987 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo endi klubda o‘ynamasligi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Xuanma Kastanoga tayanib, COPE nashri xabar berdi.
Kastanoning so‘zlariga ko‘ra, Araxoning muammolari tuyulganidan ham jiddiyroq. U boshqa hech qachon “Barselona”da o‘ynamasligi mumkin.
Qayd etilishicha, urugvaylik futbolchi anchadan beri psixologik muammolar bilan kurashib kelmoqda va hozirgi holatida klub undan talab qiladigan darajada raqobatlasha olmasligini tan olgan.
Arauxo Chempionlar ligasi 5-turida Londonning “Chelsi” jamoasiga qarshi o‘yinda (0:3) olgan qizil kartochkasidan so‘ng muxlislar tomonidan katta bosimga duch kelgan va emotsional holatini tiklash maqsadida klubdan cheksiz tanaffus so‘ragan edi.
Agar Arauxo hissiy muammolarini hal qilmasa, “Barselona” himoyachini qishki transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Urugvaylik futbolchi joriy mavsum klub safida 15 ta o‘yinda maydonga tushgan. Arauxo shu o‘yinlarda 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025