Arab shayxlari Neymarni sotmoqchi. Unga narx ham belgilangan

Sport

image

Fransiyaning PSJ futbol klubi yozgi transfer oynasida braziliyalik hujumchi Neymar Juniorni 90 million yevroga sotishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransuz klubi braziliyalik futbolchini transfer ro‘yxatiga allaqachon kiritgan. Biroq uni 90 million yevrodan kamiga sotmaydi. Parijliklar Fransiya chempionatining yangi mavsumi oldidan katta rekonstruksiya ishlari amalga oshirishni rejalashtirishgan. 

Parij klubi xo‘jayinlari Neymarning erkaliklariga chidashdan charchagan. Qolaversa, PSJ jamoasi egalari uni Yevropa Chempionlar ligasini yutish uchun olib kelgandi. Ammo bir necha mavsumdirki, PSJ YeCHLda zafar quchishning uddasidan chiqolmayapti. Albatta, bu qatarlik xo‘jayinlarning ko‘nglini xira qilgan. Shu sabab, ular Neymarga chiqish eshiklarini ko‘rsatishni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Biroq Neymarning o‘zi klubdan ketishni istamayapti. Braziliyalik hujumchi yana 3 yil PSJda o‘ynash niyati borligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Neymar 2017 yildan beri PSJda to‘p suradi. U “Barselona”dan 222 million yevro evaziga Parij klubiga ko‘chib o‘tgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi PSJ safida Liga 1 da 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Neymar

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing