Arab xattotligi UNESCO madaniy merosi ro‘yxatiga kirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) arab xattotligini nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilingan.

UNESCO arab xattotligini “sog‘lom yozuv san’ati, uyg‘unlik va go‘zallik ifodasi” sifatida tavsiflagan.

Saudiya Arabistoni merosini asrash jamiyati ijrochi direktori Abdul Majid Mahbub arab xattotligi musulmon dunyosining ramzi hisoblanishini, ammo texnologik taraqqiyot tufayli u o‘z ahamiyatini yo‘qotayotganini hamda sohadagi mutaxassislar soni tez kamayib borayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, u xattotlikning madaniy meros sifatida qayd etilishi ushbu san’at turini saqlab qolishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxati hozirda 500 ga yaqin elementni o‘z ichiga oladi. UNESCO bu ro‘yxatga turli mamlakatlar va mintaqalarning urf-odatlari, bilim va ko‘nikmalari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan odatlarini qo‘shib boradi. Nomoddiy madaniy merosning eng ko‘zga ko‘ringan turlari qatoriga og‘zaki urf-odatlar, ijtimoiy amaliyotlar, turli marosim va bayramlar kiradi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing