Koronavirusga chalinganlar qayerda davolanayotgani ochiqlandi
Jamiyat
−
26 mart 2020
18552O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 65 bemorning 59 nafari Virusologiya ilmiy tekshirish institutida, 4 nafari Namangan, 2 nafari Farg‘ona viloyatida davolanmoqda. Ularning barchasi ustidan jiddiy tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qilmoqda.
Virusologiya ilmiy tekshirish instituti rahbariyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda davolanayotgan bemorlarning 13 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
“Tibbiyot xodimlari bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, tegishli tibbiy va intensiv terapiya muolajalarini o‘tqazish bo‘yicha barcha ishlarni amalga oshirmoqda”, deydi Nurmat Otabekov.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi