Aprelning birinchi kunida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga, 1 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Shamol bulut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing