Aprelga oylik yo‘l chipta sotib olganlarning puli qaytariladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimining joriy yilning 21 martidagi “Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida”gi 290-son qaroriga muvofiq, barcha jamoat trasportlari – avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari “Toshshahartransxizmat” AJ ning “Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi” tomonidan qaytarib olinib, pul mablag‘lari fuqarolarga to‘liq miqdorda qaytariladi!

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy “Toshshahartransxizmat” AJ binosi 1-qavati.
Murojaat uchun telefon: (71) 233-54-23, (71) 244-17-52


Maqola muallifi

Teglar

oylik yo'l chipta

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar