Aprel oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq 17231
image
-

O‘zbekistonda aprel oyi asosan quruq va yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev bugun, 28 mart kuni matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Markaz direktoriga ko‘ra, uzoq muddatli maslahatomuz prognozlar aprel oyining birinchi o‘n kunligi quruq va yog‘ingarchiliklarsiz, ikkinchi va uchunchi dekadasi ayrim kunlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lishidan darak bermoqda.

U shuningdek, mart oyidagi yog‘ingarchilikka to‘xtalib, bunday holat so‘nggi bor 20 yil oldin kuzatilganini ta’kidladi.

“Hozirgi kunda yil boshiga nisbatan 1-chorakning dastlabki rejasiga qaraydigan bo‘lsak, bu yomg‘irlar, haqiqatan, biz o‘rganmagan, ketma-ketligi jihatidan 100 yilda bir marta bo‘ladigan yoki mart oyiga solishtiradigan bo‘lsak, 20 yil oldingi rekorddan ham o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘larda ham qor shu davrga nisbatan ko‘p yog‘gan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 928
Reyting: 3
Teglar
t
×