Sinoptiklar aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishini aytdi

Bu qiziq

image

Kuni kecha bahorning birinchi oyi yakunlandi. Bu yil mart oyida ob-havo osoyishta bo‘ldi va asosan prognozlarni oqladi.

Oyning birinchi o‘n kunligi o‘rtasida sovuq havo to‘lqini kuzatildi, harorat kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasaydi. Ikkinchi o‘n kunligidan boshlab harorat tez ko‘tarildi va ayrim kunlarda hatto 23-28 darajagacha yetib, ko‘proq martga qaraganda aprel oyi oxirini eslatdi.

Martning birinchi yarmida yomg‘irlar juda kam kuzatildi va kuchsiz yog‘di. Martning ikkinchi yarmida yomg‘irlar ko‘proq yog‘ib, ayrim kunlarda ancha kuchli bo‘ldi. Masalan, Toshkentda 21 martda sutka davomida yoqqan yomg‘ir 20 mm ni, ya’ni bir oylik yog‘inlar miqdorining deyarli uchdan birini tashkil qildi.

Umuman olganda mart oyi me’yorga nisbatan 1-3 darajaga iliqroq, yog‘inlar miqdori esa respublika hududining katta qismida o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan kamroq bo‘ldi.

Aprel oyining ilk kunlari ham o‘tdi. Ob-havo nobarqaror bo‘ladigan haqiqiy bahor kelganini his qilmoqdamiz. Apreldagi yomg‘irlar asosan lokal xarakterga ega bo‘ladi. Shunday, 3 aprelda faqat respublikaning shimoli — Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 4 aprelda janubi-g‘arbiy hududlar — Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, 5 va 6 aprelda esa shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari respublikaning qolgan hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Shu davrda harorat 17-22 daraja iliq atrofida, ayrim kunlarda 23-25 darajagacha iliq bo‘ladi, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmati markazi.

Keyinchalik, qisqa tanaffusdan keyin O‘zbekistonda yana yomg‘irli davr bo‘lishi kutilmoqda. Undan so‘ng aprelning oxirigacha quruq va iliq davrlar ob-havo nobarqaror bo‘ladigan yomg‘irli davr bilan almashib turadi. Yomg‘irlar asosan qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq bo‘ladi va shiddatli shamol esadi.

Kunduzgi harorat 25-25 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi, aprel oyining oxirgi o‘n kunligida 30-33 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ayotganda haroratning 13-18 darajagacha pasayish ehtimoli yo‘q emas.

Umuman, aprel harorat rejimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin, ayrim joylarda odatdagidan 1-2 daraja iliq va o‘rtacha nam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. Odatda, aprelga qaraganda faqat mart oyi yog‘inlar bo‘yicha ustun turadi. O‘tgan 2019 yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing