Aprel oyida narx-navo qanchaga o‘sgani aniq bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning aprel oyi iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil boshidan narxlar o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 1,0 foizga teng bo‘lgan. Yillik nisbatda iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘sish sur’ati 10,7 foizga yetgan.

Taqqoslash uchun 2020 yilning xuddi shu davrida tovar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlagan edi. 2020 yilning yanvar-aprelida umumiy INI o‘sish darajasi esa 4,5 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi 1,1 foizni tashkil qilgan. 2020 yil aprelda yillik umumiy INI 14,5 foizga yetgan.

2021 yilning aprel oyida qisqa muddatli umumiy INI o‘tgan yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,6 foiz bandga baland bo‘ldi. 

2021 yil aprel oyidagi yillik nisbatdagi umumiy INI (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) 2020 yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,8 foiz bandga va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,0 foiz bandga past bo‘ldi. 2021 yil yanvar-apreldagi ko‘rsatkich (o‘tgan yilning dekabriga nisbatan) o‘tgan yilning yanvar-aprelidagi mos ko‘rsatkichdan 0,4 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2021 yilning yanvar-aprelida oziq-ovqat mahsulotlari 6,2 foizga qimmatlashib, 2020 yil mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,5 foiz bandga va 2019 yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 foizga qimmatlashib, o‘tgan yilning mos davridan 0,3 foiz bandga va 2019- yildagi mos davridan 1,8 foiz bandga past bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing