Apple yangi iPhone'ni noodatiy tarzda chiqarishi mumkin

Texnologiya

image

Apple'ning navbatdagi smartfoni fizik ulagichlarsiz chiqariladi. Bu haqda taniqli tarmoq insayderi Jon Prosser aytib o‘tgan

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Apple telefonni quvvatlovchi sim ulanadigan ulagichsiz smartfon ishlab chiqaradi. 

Kompaniya muhandislari bu bilan smartfonni namlikdan yuqori darajada himoya qiladi va qurilmadagi komponentlar sonini kamaytiradi. 

Prosser kelajakda ishlab chiqariladigan iPhone'ni faqatgina iPhone 12 liniyasi bilan birgalikda namoyish etilgan MagSafe simsiz quvvatlantirgichi yordamida quvvat oladi, deb hisoblaydi.

Jon Prosserning aniqlik kiritishicha, Aplle yangi smartfonlarida simlardan butunlay voz kechmaydi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shunday qurilmalardan birini chiqaradi – katta ehtimol bilan u seriyaning eng yaxshi modeli bo‘lishi mumkin. Keyingi avlodlarda esa Apple hech qanday teshiklari bo‘lmagan smartfonlar ishlab chiqarishga o‘tadi. 

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, simsiz iPhone'ga o‘tish oson bo‘lmaydi, chunki yangi MagSafe quvvatlantirgichi hali barqaror emas. 

Biroq, muallif uzoq muddatli istiqbolda iste’molchilar ushbu yangilikdan foyda ko‘rishi mumkinligini aytgan, chunki ular original quvvatlovchi kabellar sotib olishlariga ehtiyoj bo‘lmaydi. 

Avvalroq, Telegram va "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov iPhone 12 Pro'ni "maqtovlar” bilan siylagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing