Apple Nissan bilan hamkorlikda haydovchisiz elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Texnologiya

image

Apple Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasiga o‘zini o‘zi boshqaradigan elektr transport vositasini yaratish loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida murojaat qildi, ammo muzokaralar dastlabki bosqichda to‘xtatildi. Bu haqda “Financial Times” xabar tarqatdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, munozaralar potensial elektromobillar markasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli kompaniyalarning yuqori darajadagi rahbariyat darajasiga ko‘tarilmagan. Apple vakillari Nissan’ga Amerika kompaniyasi brendi ostida avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilganidan so‘ng, tomonlar muzokaralarni to‘xtatgan.

Apple ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 2021 yilning uchinchi choragida super avtomobil taqdimotini o‘tkazishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing