Apple ishonchsiz va Amerika razvedkasiga ishlashi fosh qilindi – FXX

Olam

image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Amerika razvedkasining operatsiyasini fosh qildi. Unda Apple mobil qurilmalaridan foydalanilgan. Bu haqda Rossiya FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi. 

“FXX Amerika razvedka xizmatlarining Apple mobil qurilmalari yordamida amalga oshirilgan razvedka harakatini fosh qildi. Rossiya telekommunikatsiya infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash jarayonida faqat Apple mobil telefonlari foydalanuvchilariga xos bo‘lgan va ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan dasturiy zaifliklardan foydalanadigan ilgari noma’lum bo‘lgan zararli dasturiy ta’minot ishlashi oqibatida yuzaga kelgan anomaliyalar aniqlandi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu markadagi bir necha ming telefon apparatlari virusga chalingan. Shu bilan birga, mahalliy abonentlardan tashqari, NATO bloki va postsovet hududidagi mamlakatlar, shuningdek, Isroil, Suriya va Xitoyning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va elchixonalarida ro‘yxatdan o‘tgan SIM-kartalardan foydalangan holda xorijiy raqamlar va abonentlarga ham virus yuqtirilgani aniqlangan. 

“Rossiya razvedka xizmatlari olgan ma’lumotlar Apple kompaniyasining milliy razvedka hamjamiyati, xususan, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi bilan yaqin hamkorligidan dalolat beradi va Apple foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha e’lon qilingan deklaratsiyaning haqiqatdan yiroq ekanini  tasdiqlaydi”, deyiladi FXX xabarida.

Aytilishicha, kompaniya AQSH razvedka xizmatlariga Oq uyni qiziqtirgan har qanday shaxslarni, shu jumladan Rossiyaga qarshi faoliyatdagi sheriklarini ham, o‘z fuqarolarini ham nazorat qilish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.

Apple esa bu ayblovlarni rad etgan. Kompaniya hech qachon hech qanday hukumat bilan Apple qurilmalarida aylanib o‘tish mexanizmini joriy qilish bo‘yicha hamkorlik qilmagani va qilmasligini aytgan.

Biroq Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Apple kompaniyasining kafolatlariga ishonmasligini bildirgan. 

“Har qanday, hatto, eng yirik texnologiya kompaniyasi ham mafkuraviy sabablarga ko‘ra milliy razvedka hamjamiyati bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotganini aytsa, bu ikki narsadan birini anglatadi: a) u yolg‘on gapiradi yoki b) u yopilish arafasida”, degan Medvedev.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Apple razvedka Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing