Apple iPhone’ni o‘rnini bosadigan AR ko‘zoynagini ishlab chiqarmoqchi
Texnologiya
−
27 noyabr 2021
7661Apple 2022 yilda iPhone yoki Mac’ga ulanmagan holda ishlaydigan va turli xil ilovalarni o‘zida mujassam etadigan AR ko‘zoynagini ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda “Inc.Russia” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Apple kompaniyasi ushbu kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklarini 2022 yilning to‘rtinchi choragida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Tahlilchi Ming Chi Kuoning so‘zlariga ko‘ra, qurilmaga ikkita protsessor o‘rnatiladi. Asosiy protsessor quvvati bo‘yicha Mas kompyuterlarida qo‘llaniladigan M1 chipi bilan teng ishlasa, yordamchi protsessor esa aqlli ko‘zoynaklardagi sensorlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Apple’ning AR garniturasi alohida protsessorni talab qiladi, chunki sensorning ishlov berish quvvati iPhone'nikidan ancha yuqori. Foydalanuvchilarga uzluksiz video bilan bir vaqtda AR xizmatlarini taqdim etish uchun unga 6-8 optik modul kerak bo‘ladi.
Shuningdek, qurilma ekrani ikkita Sony 4K micro OLED displeylari bilan jihozlanadi. Tahlilchining aytishicha, bu VR qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan dalolat beradi.
Ming Chi Kuoning fikriga ko‘ra, Apple’ning maqsadi 10 yil ichida iPhone’ni AR ko‘zoynaklariga almashtirish.
LiveBarchasi