Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqaradi

Texnologiya

image

Apple buklanadigan ekranli smartfon ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda “Bloomberg” bugun, 16 yanvar kuni o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, ish jarayoni displeylarni yaratish bosqichida qolmoqda va Apple’da hali buklanadigan iPhone prototipi yo‘q.

Kompaniya buklanadigan ekranning o‘lchami borasida bir qarorga kelmagan. Displeyning diagonali 6,7 dyuym (taxminan 17 sm) bo‘lgan iPhone 12 Pro Max kabi varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Apple ekranlarining aksariyat qismi ko‘rinmas katlamali mexanizm ega, ya’ni telefonni ochganda ekran qattiq bo‘ladi. Masalan, Samsung ’ning buklanadigan smartfonlari ham xuddi shu tarzda ishlab chiqilgan. Microsoft’ning o‘xshashlaridan farqli o‘laroq, unda ko‘rinadigan mexanizmlar ikkita alohida panelni birlashtiradi.

Nashrga ko‘ra, buklanadigan iPhone tez orada paydo bo‘lishi yoki umuman ishlab chiqarilmasligi ham mumkin. Apple shu yil oxirida yangi flagman iPhone va iPad chiqarilishiga e’tibor qaratmoqda. Koronavirus pandemiyasi mahsulot ishlab chiqarishni qiyinlashtirdi, chunki kompaniya muhandislari Silikon vodiysidagi ofislarda haftada atigi bir necha kun va cheklangan miqdorda ishladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing