APL o‘yinlarida Pele sharafiga bir daqiqa qarsak chalinadi

Sport

image

Angliya Premer-ligasining 2022 yil 30 dekabrdan 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan barcha o‘yinlarida braziliyalik futbolchi Pele xotirasi uchun bir daqiqa qarsak chalinadi. Bu haqda APL o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Maxsus tadbir kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan har bir o‘yinning start hushtagi chalinishidan oldin Premer-liga stadionlarida o‘tkaziladi. Barcha futbolchi va murabbiylar motam bandajlari bilan stadionga chiqadi.

Pele kecha, 29 dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi. Pele so‘nggi bir necha yil davomida saraton bilan kurashayotgan edi.

Bugun, 30 dekabr kuni APLning ikkita o‘yini bo‘lib o‘tadi. "Vest Xem" "Brentford" bilan, "Liverpul" "Lester" bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing