APL o‘yinlari 2028 yilgacha Rossiyada namoyish qilinmaydi

Sport

image

Angliya Premer ligasi rahbariyati Ukrainadagi urush tufayli "Match TV" bilan televizion shartnomani 2022 yildan 2028 yilgacha muddatga to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “The Times” jurnalisti Martin Zigler xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu qaror haqida bugun, 9 iyun kuni Premer liga klublarining umumiy yig‘ilishida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, klublarning ovozi bo‘lmagan, ularga faqat qaror e’lon qilingan.

Avvalroq, Rossiya teleradiokompaniyasi bilan kelishuv 43 million funt qiymatidagi bitim bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida 2019 yildan buyon Rossiyada APL bahslarini namoyish qilib kelayotgan “Okko” platformasi bilan Premer liga rahbariyati o‘rtasidagi shartnoma muddatidan oldin to‘xtatilgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing