APL “Match TV” bilan 43 million yevrolik shartnomani buzmoqchi

Sport

image

Rossiyada Angliya Premer ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi namoyish etilmaydi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, ushbu hafta Premer ligasi rahbariyati 2021 yilning iyul oyida Angliya chempionati 2022-2023 yilgi mavsum o‘yinlarini ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritgan Rossiyaning “Match”xoldingi bilan kelishuvni bekor qiladi.

Qayd etish joizki, Premer liga klublari Match TV bilan kelishuvdan bosh tortgani uchun 43 million funt sterlingdan quruq qolai. Bu pul kelishuv amalga oshgan taqdirda, Rossiya teleradiokompaniyasi tomonida Angliya klublariga to‘lanadigan taxminiy to‘lov miqdori edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida 2019 yildan buyon Rossiyada APL bahslarini namoyish qilib kelayotgan “Okko” platformasi bilan Premer liga rahbariyati o‘rtasidagi shartnoma muddatidan oldin to‘xtatilgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing