APL klubi Portugaliya a’zosi uchun 70 million yevro to‘lamoqchi
Sport
−
30 noyabr 2022
3022Portugaliya terma jamoasi va "Portu" klubi darvozaboni Diogu Koshta faoliyatini “Tumanli Albion”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "A Bola" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, darvozabonni transferga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, "aristokratlar" uning transferi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan. Portugaliyalik futbolchiga "ko‘klar"dan tashqari "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.
Koshta joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol o‘tkazib yubordi. Ayni paytda u JCH-2022da Portugaliya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlamoqda.
LiveBarchasi