APL grandi “Inter” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi yaqin vaqt ichida bor diqqat e’tiborini Italiyaning “Inter”i safida to‘p surayotgan hujumchi Lautaro Martinesga qaratadi. Bu haqda “Calciomercato” bermoqda.

24 yoshli argentinalik futbolchining narxi 90 million yevrogacha yetishi aytilmoqda. Agar, ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, 2022 yilning eng yaxshi xaridlaridan biri bo‘ladi. “Qizillar” uchun Lautaroni sotib olish oson bo‘lmaydi. Sababi Martinesga ko‘z tikkanlarning soni kam emas.

Lautaro ushbu mavsumda A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va Argentina terma jamoasi bilan xalqaro miqyosda ham yaxshi natijalarga erishgan.

Oldinroq, “Inter”ning asosiy transfer maqsadi “Torino” himoyachisi Gleyson Bremer ekanligi ma’lum bo‘lagan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing