APL futbolchilarining transfer narxi yangilandi
Sport
−
10:53 637 2 daqiqa
Nufuzli “Transfermarkt” portali Angliya Premer-ligasi (APL) futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi. Reytingga ko‘ra, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland 200 million yevro ko‘rsatkichi bilan ligadagi eng qimmat o‘yinchi bo‘lib qolmoqda.
Yangilangan ro‘yxatda “Arsenal” yulduzi Bukayo Saka o‘z qiymatidan 10 million yevro yo‘qotgan bo‘lsa-da, 120 million yevro bilan ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Kuchli uchlikni uning jamoadoshi, narxi o‘zgarishsiz qolgan (120 million yevro) Deklan Rays yakunlab berdi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Citi” klubi futbolchisi Abduqodir Husanovning transfer narxi o‘zgarishsiz (35 million yevro) qoldi.
Ayni paytda Premer-liganing eng qimmat 10 futbolchisi quyidagilar:
- Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 200 million yevro;
- Bukayo Saka (“Arsenal”) – 120 million yevro;
- Deklan Rays (“Arsenal”) – 120 million yevro;
- Koul Palmer (“Chelsi”) – 110 million yevro;
- Moyses Kaysedo (“Chelsi”) – 110 million yevro;
- Florian Virs (“Liverpul”) –110 million yevro;
- Aleksander Isak (“Nyukasl”) –100 million yevro;
- Dominik Soboslai (“Liverpul”) – 100 million yevro;
- Vilyam Saliba (“Arsenal”) – 90 million yevro;
- Enso Fernandes (“Chelsi”) – 90 million yevro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning bozor qiymati 2 millionga yuqorilab, 7 million yevroga ko‘tarilgan edi.
Live
Barchasi