APL 14-turida qanday natijalar qayd etildi?

Sport

image

Kecha, 3 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu tur doirasida peshqadam “Arsenal” o‘z maydonida “Brentford” mag‘lubiyatga uchratdi. Pep Gvardiola shogirdlari safarda “Fulxem” dan 3 ochko olgan holda qaytgan bo‘lsa, Londonning “Chelsi” jamoasi kutilmaganda “Lids” imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

“Bornmut” 0:1 “Everton”

“Nyukasl”ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Everton” bu turda mehmonda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘yin ko‘proq yakkakurashlarga boy bo‘ldi, yakunda mehmonlarning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi.

“Fulxem” 4:5 “Manchester Siti”

Turdagi eng gollarga boy o‘yin ushbu bahs bo‘ldi. Muxlislar 9 ta gol guvohi bo‘ldi. “Shaharliklar” ushbu bahsda bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Holand, Foden va Reyndersning gollari jamoaga g‘alaba olib keldi.

“Nyukasl” 2:2 “Tottenxem”

Turning markaziy uchrashuvlaridan birida “jangovar” durrang qayd etildi. Har ikki jamoa ham o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Tottenxem”ning himoyachisi Serxio Romeroning goli sabab londonliklar yakunda 1 ochko ishlab oldi. 

“Arsenal” 2:0 “Brentford”

Turda peshqadam “Arsenal” o‘z maydonida ishonchli g‘alaba erishdi. To‘liq ustunlik, to‘p nazorati va bosim natijasida ishonchli 3 ochko oldi.

“Brayton” 1:4 “Aston Villa”

O‘yinda dastlab “Brayton” hisobni birinchi bo‘lib ochdi, ammo “Aston Villa” bunga javoban ketma-ket 4 ta gol urdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Byornli” 0:1 “Kristal Pelas”

Bu uchrashuv juda ehtiyotkor tarzda boshladi. Har ikki jamoa ham yopiq o‘yin namoyish etdi, biroq “Kristal Pelas” birinchi bo‘lim yakunida kiritgan goli evaziga minimal hisobda g‘alaba qozondi. 

 “Vulverxempton” 0:1 “Nottingem Forest”

Bu uchrashuvda ham birgina gol uchrashuv taqdirini hal qildi. “Nottingem Forest” Igor Jezusning goli evaziga mehmonda qimmatli g‘alaba qozondi. 

“Lids” 3:1 “Chelsi”

Turdagi eng kutilmagan natija ushbu o‘yinda sodir bo‘ldi. Bir kishi kam bo‘lib “Arsenal” ga yutqazmagan “Chelsi” safarda “Lids” to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Londonliklar himoyadagi xatolar evaziga qimmatli ochkolardan mosuvo bo‘ldi. 

“Liverpul” 1:1 “Sanderlend”

“Liverpul” bu turda yana ochko yo‘qotdi. Mersisaydliklar o‘z maydonida “Sanderlend” bilan durrang o‘ynadi. Bu natijadan so‘ng “Liverpul” turnir jadvalida 8-o‘ringa tushib ketdi.

”Manchester Yunayted” – “Vest Xem Yunayted”

Ushbu o‘yin bugun, 4 dekabr kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng Londonning “Arsenal” jamoasi 33 jamg‘argan holda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Citi” turdagi g‘alabasi evaziga 28 bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Aston Villa” esa 27 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 6 dekabr kuni boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Arsenal” 14-tur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing