AOKA direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining yangi o‘rinbosari AOKA jamoasiga tanishtirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ushbu lavozimga Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Ulug‘bek Ahmadovich Azamov tayinlandi. U bungacha Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ulug‘bek Azamov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Buyuk Britaniyadagi Surrey universitetini tamomlagan, turli yillarda BMT Taraqqiyot dasturi doirasida faoliyat yuritgan, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lgan.

Agentlik direktorining yangi o‘rinbosari xalqaro hamkorlik, tahliliy ta’minot va matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing