Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2020
6447Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Anvarjon Hakimov 1967 yili Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1991 yili Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.
Mehnat faoliyatini 1991 yilda Chortoq tumani “Oyqiron” shirkat xo‘jaligi bosh pudratchi yordamchisi vazifasidan boshlab, bosh agronomlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
2002—2018 yillar davomida Chortoq tumani dehqonchilik sanoati firmasi, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, “Oyqiron” shirkat xo‘jaligi, “Oyqiron mirishkorlari” MMTP, tuman o‘simliklarni himoya qilish otryadi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
U 2018 yildan buyon Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq, Saidahmad Sultonov Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi