Antiseptiklardan tez-tez foydalanish zararli emasmi?

Salomatlik

image
Pandemiya davrida koronavirusdan himoyalanish vositalaridan biri - antiseptiklardan tez-tez foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Ularni qo‘llaganda terining turini hisobga olish kerak va teri parvarishi haqida ham unutmaslik zarur. 
 
Bu borada dermatologlar turli fikrlar bildirishgan.
 
"Antiseptik vositalardan qanday miqdorda foydalanish terining individual ta’sirchanligiga bog‘liq. Bu borada universal cheklov yo‘q", degan dermatolog Inna Petrosova. Shuningdek, u qo‘lqop kiyish va tez-tez qo‘l yuvish ham muammolarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
 
Yana bir dermatolog Tatyana Yegorova esa sog‘lom teriga ega odamlar antiseptikdan kuniga uch martadan ko‘p foydalanmasligi kerak, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terini quritib yubormaslik uchun tarkibida glitserin, aloe ekstrakti bo‘lgan, spirt miqdori esa kam bo‘lgan antiseptiklarni tanlash kerak.
 
"Antiseptikka reaksiya hamma odamda har xil bo‘ladi", degan boshqa dermatolog Yekaterina Nadejkina. 
 
Shuningdek, u antiseptikni qo‘llagandan so‘ng, iloji boricha terini namlantiruvchi kremlardan foydalanish kerakligini ta’kidlagan.
 

Maqola muallifi

Teglar

Antiseptik

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar