Antarktida muzliklaridan London kattaligidagi aysberg ajralib chiqdi

Olam

image

Antarktida muzliklaridan London shahri kattaligidagi muz bo‘lagi ajralib chiqdi. Bu haqda “Sciencealert” sayti xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, bu hajmdagi muz bo‘lagining ajralib chiqishi bundan bir yil oldin ham sodir bo‘lgan. Shuningdek, bu jarayon iqlim o‘zgarish hodisasi bilan bog‘liq emasligi, dengiz sathining ko‘tarilishiga olib kelmasligi aytib o‘tildi. Ajralib chiqqan muz aysbergning umumiy maydoni 1550 kvadrat kilometr bo‘lib, uning qalinligi 150 metrni tashkil qilgan.

"Ushbu “bolalash” hodisasi bo‘lishini biz kutgan edik. Antarktidaning Brunt qismida bunday holatlarni tabiiy xatti-harakatlar desak bo‘ladi. Bizning ilmiy guruhlarimiz ajralib chiqqan aysbergning xavfsizligini ta’minlash va uni doimiy kuzatishda davom etmoqda", deydi tadqiqotchi Dominik Hodjson.

Shuningdek, olimlar Antarktida stansiyasida noyabrdan martgacha davom etadigan yoz fasli paytidagina ishlaydi. Biroq qish faslida ham stansiya atrofidagi yuqori aniqlikdagi GPS qurilmalar tarmog‘i tomonidan nazorat qilinadi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing