Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyotda 5 kishi janjallashdi
Jamiyat
−
16 avgust 2022
21288“Uzbekistan Airways”ning Antaliyadan Toshkentga uchgan samolyotida 5 nafar yo‘lovchi o‘zaro janjallashdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15 iyul kuni Antaliyadan Toshkentga uchgan NY-372 reysida 5 nafar yo‘lovchi — S.L., S.M., A.Sh., K.T. va K.N. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, samolyot bortida janjal chiqargan.
Buning oqibatida bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazgan.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (mayda bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi