Antaliyada tomoshabinlar bo‘lgan balkon qulab tushdi (video)
Olam
−
04 may 2022 12368 1 daqiqa
Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan festivalda tomoshabinlar joylashgan balkon qulab tushdi. Bu haqda “Haberturk” portali xabar berdi.
"Antaliyaning Elmala tumanida odamlar bo‘lgan balkon og‘irlikka dosh berolmay, qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan", deyiladi xabarda.
Aytilishicha, balkon qulab tushgandan keyin tomoshabinlar darhol u yerni tark etgan, biroq namoyishlar davom etavergan.
Live
Barchasi