Anqara Bishkek bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikka tayyor – Turkiya Mudofaa vaziri
Olam
−
30 iyun 2021
3064Bugun, 30 iyun kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akarni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Japarov bilan uchrashuvda Akar Turkiya Qirg‘iziston bilan mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati kabi ko‘plab sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekaninibildirgan.
Akar Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarga kuchli turtki berganini qo‘shimcha qilgan. Mudofaa vaziri Anqara va Bishkek o‘rtasidagi hamkorlik Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhiga qarshi kurashda muhim ekanini ta’kidlagan.
Avvalroq, Xulusi Akar Qirg‘izistonga kelgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov iyun oyi boshida Turkiyaga safar qilib, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Qirg‘iziston tomoni Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi