Angrenda o‘qituvchilar kechasi ko‘mir tashigani aytildi
Jamiyat
−
20 dekabr 2023 6003 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahridagi 39-sonli maktabda o‘qituvchilar yarim kechasi ko‘mir tashigani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ta’lim muassasasiga joriy yilning noyabr oyida Prezidentning 57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha va umumta’lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga hozirlash, xususan ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berish ishlari amalga oshirilgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, maktabga shu yilning 11 noyabrida tunda ko‘mir yoqilg‘isi kelib tushgan. Maktab ma’muriyati, xodimlar va maktab atrofidagi aholi yordamida shu kunning o‘zida, ularning o‘z tashabbusi bilan yog‘in-sochinga qoldirmay ko‘mirni maxsus qurilgan omborga kiritib olishgan.
Xabardagi videoni muassasa rahbariyati, minnatdorlik sifatida suratga olib maktabning Telegram guruhiga tashlagan.
“Bu videodan esa bir oy o‘tib, ba’zi g‘araz niyatli shaxslar butkul boshqa maqsadda foydalangan. Mazkur ta’lim muassasasida hech qanday majburiy mehnat sodir etilmagan”, deyiladi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabatida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025