Angrenda qalbaki pullarni tayyorlab sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida qalbaki kupyuralarni tayyorlab yarim bahosida sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bir nafar fuqaro 1 yarim million so‘m qalbaki pullarni 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, bir biriga ulanib ketgan mazkur “jinoyat zanjiri” uzilib, ishga aloqador bo‘lgan yana 4 nafar shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Ulardan yana qiymati 1 yarim million so‘mga teng bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar tomonidan avvalroq ham 5 million so‘mga teng bo‘lgan qalbaki pul kupyuralari chop etilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing