Angren shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
23 may 2022 10387 1 daqiqa
Alisher Abdumalikovich Rayimov Toshkent viloyatining Angren shahri hokimi etib tayinlandi.
Alisher Rayimov 1981 yil Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish direksiyasi” filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Angren shahrining sobiq hokimi Nuriddin Karimovich Abdurahimov 48 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi