Angren neftebazasida quvur yorilib, 11,5 ming litr benzin oqib ketdi
3-sahifa
−
12 dekabr 2022
7495Kecha, 11 dekabr oqshomida ijtimoiy tarmoqlarda Angren neftebazasida avariya sodir bo‘lgani, quvur yorilgani va katta miqdorda Ai-95 markali benzin sizib chiqayotgani, aholi uni chelaklar tashib ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat haqiqatan ham sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan bog‘liq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshlig‘i D.Azimov munosabat bildirdi:
“Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sig‘imda bo‘lgan Ai-80 benzin yoqilg‘i mahsuloti (11 500 litr) to‘kilgan. Sodir bo‘lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida, soat 20:45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan”.
Yoqilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 11 dekabr kuni soat 14:00 da tashqariga sizib chiqqan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoga ko‘ra, sizib chiqqan benzinni olib ketish uchun yig‘ilgan aholi vakillaridan biri sigaret chekmoqchi bo‘lishi oqibatida unga o‘t ketgan. Videolar tarmoqda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
LiveBarchasi