Angliyaning maşhur klubi Toşkentda akademiya oçişi mumkin
Sport
−
12:30 321 2 daqiqa
Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toşkentda futbol akademiyasini taşkil etiş imkoniyatini örganişga tayyor. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Manbaga köra, mazkur masala klub vakillarining Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi diplomatlari bilan uçraşuvida muhokama qilingan. Uçraşuv Özbekiston Prezidentining investorlar va tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş böyiça berilgan topşiriqlarni amalga oşiriş doirasida taşkil etilgan.
Unda “Fulhem” klubining futbolni rivojlantiriş yönalişi rahbari Xyu Jennings va tijorat menejeri Brett Makgoldrik iştirok etgan.
Uçraşuv yakunida “Fulhem” rahbariyati Yangi Toşkentda Britaniya tajribasi asosida futbol akademiyasi taşkil etiş istiqbollarini örganişga tayyorligini bildirgan. Tomonlar taşabbusni amalga oşiriş böyiça hamkorlikning aniq mexanizmlarini işlab çiqişga kelişib olgan.
Ma’lumot uçun, “Fulhem” 1879 yilda Londonda taşkil etilgan Anliyaning eng qadimgi jamoalaridan biri hisoblanadi. Jamoa tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri – 1975 yilda Angliya Kubogi finaliga çiqqani. Klub 2010 yilda Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borgan. “Fulhem” hozirgaça Angliya Premer-ligasi yoki Angliya Kubogida çempion bölmagan.
Live
Barchasi